Murojaatlar bilan ishlashda tizimli yondashuv kuchaytirilmoqda
Yangilangan sana: 04.30.2026 18:09:21
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida mingga yaqin muammo o‘rganilib, barchasi joyida bartaraf etildi
Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxruh Aminov Toshkent shahrida energiya resurslarini iqtisod qilish, talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishni davom ettirmoqda.
Xususan, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Toshkent markaziy gaz quvurlari boshqarmasida aholini tabiiy gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlanayotgani hamda gaz tarmoqlarini ta’mirlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi M.Xo‘jayev va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Toshkent markaziy gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Muhammedovlarning qish mavsumida gaz bosimini bir me’yorda yetkazib berish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitilib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ishchi guruhlar tomonidan “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida noyabr oyining o‘tgan 14 kunida 967 muammo o‘rganilib, barchasi joyida bartaraf etildi.
Bu boradagi o‘rganishlar va amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.
N.Abduraimova, O‘zA
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi