OAV biz haqimizda

Yangilangan sana: 03.20.2025 10:00:18




Ma’naviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari davom etadi

2023 yil 11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Yig‘ilishda yoshlar siyosati sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish va ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilangan.  

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Lola Sharipova mazkur tashkilot tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi:  

– Yuqorida qayd etilganidek, davlatimiz rahbari raisligida   o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.  

Jumladan, jamiyatga biriktirilgan alohida e’tiborga muhtoj yoshlar holidan xabar olinib, ularga ma’naviy yordam ko‘rsatilib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.  

Jamiyat tomonidan Muborak tumanidagi Obod turmush, Kogon shahridagi Istiqlol va Chirchiq shahridagi Muruvvat mahallalarida yashovchi 30 nafar yosh yigit-qiz otaliqqa olingan. Ular bilan ishlash davomida hollaridan xabar olinib, yashash sharoitlari va qiziqishlari o‘rganildi. Yaqindan tashkil etilgan suhbatlarda yoshlarning kayfiyati, salomatligi va mavjud muammolari tahlil qilindi. Oila a’zolari bilan tanishish asnosida qanday yordam kerakligi belgilab olindi.  

Shu tadbirlar davomida muboraklik yoshlarning xonadoniga issiq kiyim va ro‘zg‘or buyumlari yetkazildi. Chirchiq shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan uchrashuvga psixolog-mutaxassis jalb etildi. Suhbatlarda yoshlarga foydali maslahatlar berildi va ularning ruhiyatidagi holatlardan kelib chiqib yordam choralari belgilandi. Ularning to‘g‘ri yo‘lga tushishi uchun imkon doirasida qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.  

















Bugun har bir yoshni tinglash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim masala hisoblanadi. Jamiyatga biriktirilgan yoshlar bilan ishlashda shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA  Ma’naviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari davom etadi




Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech