O‘ztransgaz” AJ xodimlari Samarqandda: Ham ziyorat, ham sport tadbiri
Yangilangan sana: 04.28.2026 10:17:25
O‘zbekiston delegatsiyasi “Shimoliy So‘x” GYOSIning gaz saqlash tizimini qayta tiklash” loyihasi bo‘yicha Qirg‘izistonda bo‘ldilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma amaliy harakatlar rejasi tasdiqlangan edi. “Shimoliy So‘x” GYOSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasi ham aha shu rejadan o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalarining energetika vazirlari tomonidan “Shimoliy So‘x” GYOSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash" loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun “Yo‘l xaritasi” imzolangani bu boradagi ishlarni jonlantirib yubordi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 15 kishidan iborat Ishchi guruh shakllantirildi. “O‘zLITIneftgaz” AJ bilan birgalikda “Shimoliy So‘x” GYOSI quduqlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish uchun Texnik topshiriq ishlab chiqildi.

10 aprel kuni Energetika vazirligi boshchiligidagi Ishchi guruhi loyiha doirasidagi tadqiqotlarini o‘tkazish uchun mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining Qadamjay tumaniga tashrif buyurdi. Qirg‘iziston tarafidan tuzilgan ishchi guruhi bilan uchrashuvda yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilindi. Qirg‘iziston hududidagi gaz quduqlarining holati ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilab olindi.

Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi