Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.03.2026 12:08:59




O‘ztransgaz AJ’da korrupsiyaga qarshi tizimli ishlar izchil davom etmoqda

    Joriy yil 30-aprel kuni jamiyat boshqaruvi raisi tashabbusi bilan Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmalari rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar Komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i O. Ismatov hamda yetakchi mutaxassis M. Matkarimov boshchiligida o‘tkazildi.
    Seminar davomida:
  • “O‘ztransgaz” AJ tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi siyosatning mazmun-mohiyati  korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari
  •  ichki nazorat tizimlari va mexanizmlarini takomillashtirish
  •  manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
  •  moliyaviy intizomni mustahkamlash
  •  ish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash
kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.
 Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalish davlat va jamiyat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Eslatma: Korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish maqsadida 1852 qisqa raqamli ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xodimlar ushbu raqam orqali murojaat qilishlari mumkin.
photo_2026-05-03_12-03-22.jpgphoto_2026-05-03_12-03-19.jpg


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech