Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.01.2026 10:47:58




Quvur diagnostikasi masofadan boshqariladigan robot yordamida o‘tkazildi

Kompressor sexlarining texnologik quvurlari magistral gaz quvurlari tizimidagi yuklanish eng ko‘p tushadigan va inson omiliga bog‘liq qismi hisoblanadi. Kompressor sexlarining texnologik kommunikatsiyasiga bo‘lgan talab o‘ta yuqori. Texnologik kommunikatsiyalarning uzviy qismi bo‘lgan yer osti quvurlarining holatini kuzatish, ulardagi yemirilish(korroziya)ni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida doimiy kuzatuv,quvurlarni laboratoriya xulosasiga ko‘ra tekshirish ishlari olib boriladi. Bu tadbirga maxsus texnikalar jalb qilinadi va ko‘plab ishchi kuchi sarf bo‘ladi. 

 “Urganchtransgaz” UKda shu masalaga zamonaviy yondashgan holda quvur ichki diagnostika ishlari zamonaviy, masofadan boshqariladigan robot yordamida o‘tkazildi. Tuley MGQBning “D” sexi texnologik kommunikatsiyalarida “IntroScan” rusumli SD A2072 modelli robot-skaner bilan bajarilgan nazorat tadbirini “O‘ztransgaz”AJ, “Urganchtransgaz” UK va Rossiya Federatsiyasining “ENTE” MCHJ mutaxassislari nazorat qilib bordi.

Ushbu avtomatlashtirilgan skaner-robot bilan bir vaqtning o‘zida: 
- hajmli nuqsonlarni (korroziyali yemirilishlar va boshqa korroziya holatlarini); 
- quvurning darz ketish  holatlarini; 
- quvur va uning fason qismlari (troynik, otvod)ning yemirilishini; 
- payvand choklarining holatini va nuqsonlarini; 
- quvur himoya izolyatsiyasining holatini tekshirish; 
- skanerga o‘rnatilgan videokamera bilan quvur ichki qismini onlayn rejimda kuzatish; 
- mavjud nuqsonlarning aniq joyini, joylashishini, turini va o‘lchamlarini qayd qilib borish imkoniyati bor. 

Robot skaner 500 mm.dan - 1400 mm gacha diametrdagi har qanday quvurda diagnostika ishlarini bajara oladi. Bunday qurilmalardan foydalanish kompressor sexlarining murakkab joylashgan texnologik kommunikatsiyalarini tekshirishda maxsus texnikalar va ko‘plab ishchi kuchini hamda shurflash ishlariga ketadigan xarajatni, vaqtni tejash va texnologik kommunikatsiyalarda uchraydigan nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.

Bu shuningdek, texnologik kommunikatsiyalarning ishonchliligini taʼminlash, ehtimoliy nosozliklarning oldini olish hamda inson hayoti va qurilmalar xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech