Milliy_libos_faxrimiz
Yangilangan sana: 05.01.2026 10:47:58
Tadbirkorlar diqqatiga: Tabiiy gaz ta’minoti qachon uzib qo‘yiladi?
Avtomobillarga gaz to’ldirish shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatildi. Sababi noma’lum. “Gaz zapravka”larda gaz yo‘q, avtomobillar triband, gaz kutyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi savollar va ma’lumotlarga bot-bot ko‘zimiz tushadi. Biroq, hech kim sababiga qiziqib ko‘rmaydi, mutasaddilarga murojaat qilmaydi. Respublikada 1200 dan ortiq AGTKShlar bo‘lishiga qaramay, nima uchun aynan sanoqli “gaz zapravka”larga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi, degan savolga javob izlamaydi.
“O‘ztransgaz” AJ Tijorat departamenti bo‘lim boshlig‘i Erkaboy Aliyev ayni shu kabi savollarga javob berdi hamda gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilish sabablarini ma’lum qildi.
“O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlari tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan strategik ahamiyatga ega ulgurji iste’molchilarga, “Hududgazta’minot” AJga va 350 atrofidagi AGTKShlarga tabiiy gaz yetkazib beradi. Ularning barchasi bilan amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida respublika Monopoliyaga qarshi kurash davlat qo‘mitasi, “O‘zneftgazinspektsiya” va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan kelishilgan holda shartnomalar tuzilgan.
Shartnoma shartlariga asosan iste’molchilarga oldindan to‘lovsiz tabiiy gaz yetkazib berilmaydi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №22-sonli “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi. Shu asosda shartnomalar ishlab chiqilgan. Ana shu shartnomalarda iste’molchining va yetkazib beruvchining ham huquq-majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.
Iste’molchi, masalan, yanvar oyi boshlanishidan oldin, dekabrning 25-sanasigacha buyurtma qilib, oldindan to‘lov amalga oshirishi kerak. Iste’molchi tomonidan berilgan buyurtmaga asosan hamda tabiiy gaz yetkazib beruvchi bilan kelishuvga binoan o‘sha hajmning 70 foizi uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishi shart. Agarda 70 % to‘lovni oldindan amalga oshirish uchun iste’molchining hisob raqamida mablag‘ kamchiligi bo‘ladigan bo‘lsa, iste’molchi shu haqida oldindan to‘lovning 50 foizini amalga oshirishi haqida Gaz ta’minoti tashkilotini yozma ravishda ogohlantirishi lozim bo‘ladi.
Ikki tomon kelishganidan so‘ng 50 foiz to‘lov amalga oshirilishi kerak. Qolgan mablag‘tabiiy gaz yetkazib beriladigan hisobot oyining 5 sanasigacha to‘liq hajmda yetkazib berilganligini tasdiqlovchi va ikkala tomon bilan tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilganidan keyin o‘sha dalolatnomadagi hajm va ko‘rsatilgan qiymatga asosan hisob-faktura rasmiylashtiriladi. Hisob-faktura rasmiylashtirilganidan keyin hisobot oyining 10-sanasigacha qarzdorlikning qolgan qismini iste’molchi amalga oshirishi shart.
Agarda hisobot oyi davomida hisob-faktura berilgandan keyin bular tomonidan qarzdorlik mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, tabiiy gaz yetkazib berilmaydi. Buni iste’molchi to‘g‘ri tushunishi kerak. Chunki o‘sha shartnomada iste’molchining va yetkazib beruvchining ham majburiyatlari va huquqlari o‘zaro kelishilgan tartibda belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida noqonuniy ulanishlar yoki bo‘lmasa o‘sha tabiiy gazdan nooqilona foydalanishlar mavjudligi aniqlansa, yoki boshqa kamchiliklar aniqlanadigan bo‘lsa, yoki gaz yetkazib beruvchilar tomonidan shartnomaviy shartlarga amal qilinishi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring tekshiruvlarida gaz sizib chiqish holatlari aniqlanadigan bo‘lsa, nosozliklarni bartaraf etish uchun vaqtincha tabiiy gazdan o‘chirib turiladi. Shu bilan birga “O‘zneftegazinspektsiya” tomonidan ham litsenziya shartlariga amal qilinmaganlik holati aniqlangan taqdirda inspektsiya gaz yetkazib beruvchi tashkilotni ogohlantiradi va gaz ta’minotini to‘xtatishga haqqi bor.
Boshqa hollarda tabiiy gazni yetkazib berish to‘xtatilmaydi va bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Buni iste’molchilarimiz to‘g‘ri tushunishlarini istardik. Chunki, shartnomaviy shartlari yaxshilab o‘qib chiqilsa, unda iste’molchilarning majburiyatlari bilan birga huquqlari ham qayd qilib qo‘yilgan. Ular o‘z huquqlarini talab qilishga haqi bor. Agar noqonuniy holatda tabiiy gaz o‘chirib qo‘yilsa, iste’molchilar bevosita yetkazib beruvchi tashkilotga murojaat qilib, o‘z e’tirozini bildirishi mumkin. Bu e’tirozlarga ko‘ra, agar asossiz to‘xtatib turilgan bo‘linsa, o‘sha kunlar uchun yetkazib beruvchi tomonidan ma’lum miqdordagi jarima sanktsiyalari iste’molchiga to‘lab berilishi ham shartnomalarda ko‘zda tutilgan.
Agarda, monitoring tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar tasdiqlanadigan bo‘lsa bu - iste’molchilardan amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan gaz yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida jarima sanktsiyalari qo‘llaniladi. Mabodo, iste’molchi jarima sanktsiyalaridan norozi bo‘lsa, shartnomalarda belgilangan tartibda yoki qo‘shimcha hajmlar yozilgan bo‘linsa, shularni yozma ravishda bildirishi mumkin. Agarda yetkazib beruvchi va qabul qilib oluvchi muzokarada kelisholmasa, masala iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqiladi.
Iste’molchining qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda iste’molchiga yetkazib beruvchi tomonidan “5 kun ichida siz mavjud qarzdorligingizni bartaraf etishingizni so‘raymiz, aks holda sizga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi” degan mazmundagi ogohlantirish xati yuboriladi. Iste’molchi xatni olgach, qarzdorlikni so‘ndirish uchun 3 kun muddat beriladi. Shu muddat davomida to‘lov amalga oshirilmasa, yetkazib beruvchi tomonidan iste’molchiga tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatib qo‘yiladi.
Bundan tashqari, ulgurji iste’molchilar o‘z vaqtida tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirmasa, amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra va shartnomalarda kelishilganidek, muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,4 foiz miqdorda ustama haq (penya) hisob-kitob qilinadi. Demak iste’molchi o‘z vaqtida hisob-kitobni amalga oshirsa, u penya to‘lashgayam majbur bo‘lmaydi, qo‘shimcha harajatga o‘rin qolmaydi. Jami penya miqdori esa to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan tabiiy gaz hajmi qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
AGTKSh egalari o‘zaro tuzilgan shartnoma shartlarini to‘liq o‘qigan holda, uning har bir bandi bo‘yicha o‘zlari hulosa chiqarib, o‘z huquq va majburiyatlarini aniq bilgan holda mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlasa har ikki tomon uchun ham ortiqcha tashvishlar va muammolar kelib chiqmaydi.
Energetika vazirligi yangiliklari
-
ENERGETIKA VAZIRI O‘ZBEKISTON DIPLOMATIK MISSIYALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
-
Joriy yilning 15 dekabr kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
-
O‘zbekiston Energetika Vazirining I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neftь va gaz universitetidagi uchrashuvi
-
Energetika vazirligi: 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste’moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi
-
Energetika vazirligi yolg‘on ma’lumot uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi