jins

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi muborak bo'lsin!

Batafsil

"O'ztransgaz" AJ - yangi o'n yillikda yangi texnologiyalar bilan

O‘zbekiston iste’molchilariga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, uni tashish, tranzit qilish va eksport qilish vazifalari "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatilgan.

Batafsil

"O‘ztransgaz" AJ rivojlanish tarixi

Respublika sanoati, kichik biznes yetakchi korxonalari va real iqtisodiy sektordagi asosiy tarmoqlarning doimiy iqtisodiy o‘sish sur‘atlari hamda barqaror ishlashini ta‘minlash yonilg‘i-energetik resurslar iste‘molining oshishini nazarda tutadi. Tabiiy gazni ham ichki, ham tashqi bozorga yetkazib berish hajmlari oshib borayotgan hozirgi paytda, gaz transporti va gaz taqsimlash tizimlaridan ishonchli foydalanishni saqlab qolgan holda, gaz transporti tizimini rivojlantirish va gaz ta‘minoti tizimini yaxshilash zarurati kuchayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi iste‘molchilarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta‘minlash, shuningdek transportirovka qilish, tranzit va eksport qilish "O‘ztransgaz" Aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan. O‘zbekiston gaz sanoatining rivojlanish tarixi 1950-yillardan boshlanadi. Birinchi gaz 1953-yilda Setalantepa konidan qazib olingan.

Tariximiz haqida batafsil

Balki sizga qiziqdir

“O‘ztransgaz” AJning tezkor shtabi aholi murojaatlarini joyida o‘rganmoqda
Samarqandda energetika va transport infratuzilmasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi
Samarqandda energetika va transport infratuzilmasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi

Samarqandda energetika va transport infratuzilmasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi

“Energetika va transport infratuzilmasi” mavzusidagi ushbu nufuzli tadbirga “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shohjahon Safarov moderatorlik qildi. 

O‘zbekiston, AQSH va Qozog‘iston hukumati hamda biznes doiralari vakillari ishtirokidagi  Xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov, Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari U.Mamadaminov, AQSHning Dehlidagi elchixonasi katta xodimi J.Koronado, shuningdek, Qozog‘iston Energetika va Transport vazirliklari vakillari ham qatnashishdi.

Ochiq muloqot va muhokamalar markazida mintaqaviy taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan:

  • O‘zbekistonning Yevrosiyo markazidagi zamonaviy transport va logistika habiga aylanishi;
  • Energetika sohasini modernizatsiya qilish, energetik o‘tish (energy transition) va yangi investitsiyaviy imkoniyatlar kabi masalalar bo‘ldi.

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Safarov o‘z so‘zida energetika va transport iqtisodiyotning shunchaki tarmoqlari emas, balki mamlakatlar va butun mintaqaning taraqqiyoti, savdosi va farovonligini ta’minlovchi qon tomirlari ekanligini alohida ta’kidladi.

Rasmiy chiqishlardan so‘ng, ishtirokchilar aniq loyihalar, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida B2B va B2G formatlaridagi uchrashuvlarni davom ettirdilar.

O'tish
E’lon – Sayyor qabul

Oxirgi yangiliklar

Hammasi
Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida tarmoqni kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayoni davom etmoqda
Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida tarmoqni kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayoni davom etmoqda

Boshqarma xizmat ko‘rsatadigan Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent (DBST) va Sho‘rtan-Sirdaryo gaz quvurlarida tarmoq ekspluatasiya xizmati xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida magistral gaz quvurlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilyapti.

Magistral gaz quvurlari tarmog‘idagi va yordamchi kranlarning impuls trubkalarini ochib ishchi holati to‘liq tekshirilib qayta izolyatsiya qilinmoqda.

Yuqori bosimli magistral gaz quvurlari o‘tgan joylarda taqiqlovchi belgilar va ma'lumot beruvchi yozuvlarni taʼmirlab tiklash va gaz quvurining yer ustidan o‘tuvchi qismlarini tekshirib, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida temir panjarali to‘siqlar o‘rnatilayotgani ham shular jumlasiga kiradi.

15.09.2022

O‘tish

Foydali saytlar