Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
“O‘ztransgaz” AJ — gaz transporti kompaniyasi bo‘lib, uning atrof-muhitga ta’siri asosan kompressor stansiyalari, magistral gaz quvurlari va ta’mirlash ishlari faoliyati bilan bog‘liq.
Jamiyat atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini izchil rivojlantirib bormoqda hamda o‘z faoliyati hududlarida ifloslanishning oldini olish, salbiy ta’sirni kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llaydi.
“O‘ztransgaz” AJ:
- - atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik va normativ talablariga qat’iy rioya qiladi;
- - zamonaviy texnologiyalarni joriy etadi;
- chiqindilar va atmosferaga tashlanadigan emissiyalar hajmini kamaytiradi;
- - xodimlar orasida ekologik mas’uliyat madaniyatini mustahkamlaydi.
- - “O‘ztransgaz” AJning mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi siyosati
"O‘ztransgaz" AJning mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi siyosati
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjat “O‘ztransgaz” AJning mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi siyosati hisoblanadi. Unda Jamiyatning maqsad va vazifalari, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha rahbarlar va xodimlarning majburiyatlari belgilangan. Siyosat yagona tamoyillarni belgilaydi, mas’uliyatni taqsimlaydi hamda rejalashtirishdan tortib monitoring va atrof-muhitni muhofaza qilish amaliyotlarini doimiy takomillashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni tartibga soladi.
IQLIM VA ENERGIYA SAMARADORLIGI
“O‘ztransgaz” AJ iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi o‘z rolini anglaydi hamda iqlimga bo‘ladigan salbiy ta’sirni kamaytirish va global iqlim maqsadlariga erishishga hissa qo‘shish uchun o‘z faoliyatini izchil tashkil etishga intiladi.
Kompaniya xalqaro metodikalarga muvofiq issiqxona gazlari (IG) chiqindilarining hisobini tizimli ravishda yuritadi. Shu bilan birga, “O‘ztransgaz” AJ loyiha yo‘l xaritalarini amalga oshirish orqali issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish maqsadlarini belgilovchi iqlim strategiyasini ishlab chiqmoqda.
Jahon banki bilan hamkorlikda kompressor stansiyalarida metan sizib chiqishini kamaytirish bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ amaliyoti
“O‘ztransgaz” AJ World Bank, Global Flaring and Methane Reduction Partnership grantlari hamda Vema Carbon ko‘magida magistral gaz transporti tizimida energiya samaradorligini oshirish va gaz yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda.
Uchta kompressor stansiyasidagi sizib chiqish monitoringi natijalariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari natijasida metan chiqindilari yiliga 13,9 million m3 ga kamaytirildi.
2028-yil oxirigacha Jamiyatning OGMP 2.0 standartining to‘rtinchi darajasiga muvofiqligi ta’minlanishi rejalashtirilgan.
“O‘ztransgaz” AJning energetik menejment sohasidagi asosiy maqsadlari energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash orqali energiya samaradorligini oshirishdan iborat. Jamiyat qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratib, ularning umumiy energiya resurslari tarkibidagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda.
“O‘ztransgaz” AJ “Gazli”, “Kogon”, “Zirabuloq” va “Yangiyer” gaz kompressor stansiyalarida umumiy quvvati 50 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari hamda quvvati 100 MVt·soat bo‘lgan energiya saqlash tizimlari (BESS) qurilishi bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.
ATMOSFERAGA IFLOSLANTIRUVCHI MODDALAR CHIQINDILARI
Kompaniya ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarining aholi salomatligiga ta’sirini bevosita baholashni amalga oshirmaydi. Bu ifloslantiruvchi moddalar ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish va salomatlik uchun xavflarni minimallashtirish zarurati bilan izohlanadi. Kompaniya o‘z faoliyati hududlarida aholi xavfsizligi va salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik choralarni amalga oshirish hamda chiqindilar ustidan qat’iy nazorat olib borishga alohida e’tibor qaratadi.
“O‘ztransgaz” AJ 2026-yil oxirigacha barcha magistral gaz quvurlari boshqarmalarini atmosfera havosi sifatini avtomatik monitoring qilish stansiyalari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Ushbu stansiyalar ifloslantiruvchi moddalar va meteorologik parametrlarni o‘lchaydi. Nazorat uzluksiz ravishda olib boriladi va ma’lumotlar real vaqt rejimida korxonalarning ekolog mutaxassislariga uzatiladi.
SUV RESURSLARI
O‘zbekiston suv resurslari cheklangan davlatlar qatoriga kiradi. “O‘ztransgaz” AJ gaz transporti tizimi obyektlarining qariyb uchdan ikki qismi suv manbalari umuman mavjud bo‘lmagan hududlarda, xususan, Qizilqum cho‘li va Ustyurt platosida joylashgan.
Gazni transportirovka qilish va yer ostida saqlash jarayonlari katta hajmdagi suv sarfini talab qilmasa-da, mazkur geografik va iqlim sharoitlari suv resurslarini samarali boshqarishni Jamiyatning ustuvor vazifalaridan biriga aylantiradi.
2025-yilda avval sezilarli suv yo‘qotishlari kuzatilgan “Urganchtransgaz” UKdagi quvur tarmog‘ini ta’mirlash loyihasi yakunlandi. Ta’mirlash ishlari natijasida suv yo‘qotishlari hajmini minimal darajaga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur quvur tarmog‘i nafaqat korxonaning uzluksiz faoliyatini ta’minlash, balki unga yaqin hududlarda yashovchi aholini suv bilan ta’minlash uchun ham xizmat qiladi.
СHIQINDILAR
"O‘ztransgaz" AJning xo‘jalik faoliyati chiqindilar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida Jamiyat ishlab chiqarish maydonlarida chiqindilar hosil bo‘lishini minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli ravishda rejalashtiradi va amalga oshiradi, shuningdek chiqindilarni xavfsiz zararsizlantirish va utilizatsiya qilish uchun ularni litsenziyaga ega tashkilotlarga topshirishni ta’minlaydi.
Hosil bo‘lgan chiqindilar utilizatsiya qilish va zararsizlantirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga beriladi. "O‘ztransgaz" AJ chiqindilarining aksariyat qismi kam xavfli va deyarli xavfsiz chiqindilar toifasiga kiradi - bular qayta eritishga yuboriladigan qora va rangli parchalardir.
BIOXILMA-XILLIK
“O‘ztransgaz” AJning gaz transporti tizimi O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab oladi. Har bir hudud Markaziy Osiyo mintaqasining bioxilma-xilligining muhim tarkibiy qismi hisoblangan o‘ziga xos hayvonot va o‘simlik dunyosiga ega. Shu bilan birga, gaz transporti va yer osti gaz saqlash obyektlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yoki ularga tutash hududlarda joylashmagan.
2026-yilda Jamiyat o‘z faoliyati hududlarida bioxilma-xillik monitoringini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mazkur monitoring korxonalar faoliyatining ta’sirini aniqlash hamda keyinchalik tabiat bilan bog‘liq xavflarni baholash maqsadida amalga oshiriladi.