jins

“O‘ztransgaz” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan ochiqlik, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish tamoyillarini ta’minlash maqsadida 2020-yil 20-noyabrdan Komplayens-nazorat bo‘limi faoliyat yuritmoqda.

Bo‘lim Jamiyat va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini takomillashtirish hamda xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.


Korrupsiyaga oid holatlar haqida quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin:

  • - Ishonch telefoni: 1852
  • - Telegram bot: @UztransgazAnticorruptions_Bot
  • - Elektron pochta: compliance@utg.uz
  • - Rasmiy veb-sayt: www.utg.uz
  • - Prezident Virtual qabulxonasi: pm.gov.uz

“O‘ztransgaz” AJda halollik, shaffoflik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat ustuvor tamoyil hisoblanadi.