jins

2020-yil 30-iyun

"O'ztransgaz" AJ Boshqaruv Raisining tabrigi

Hurmatli "O'ztransgaz" AJ yoshlari!!!
Ushbu quvonchli kunda sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklayman!

Barchamizga ma'lumki, yoshlarga e'tibor masalasi mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu kelajak egalari bo'lgan aziz farzandlarimiz taqdiri eng muhim masalalardan biri sifatida qaralayotganining namunasidir. Bugungi yoshlar o'zlarining ilg'or fikrlashlari va tashabbuskorligi bilan barcha sohalarda o'rnak bo'layotganini ko'rib turibmiz. Ijodkor yoshlar "O'ztransgaz" AJ tizimida alohida o'rin tutadi.

Hurmatli yoshlar, bugun mamlakatimizda biz sizlarning yetuk va fidoyi insonlar bo'lib yetishishlaringiz uchun barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz, befarqlik va sustkashlikka chek qo'ymoqdamiz. Sizlar ilm-fan, iqtisodiyot, siyosat va sanoatimiz rivojiga katta hissa qo'shasizlar, yuksak maqsadlarga erishasizlar va O'zbekistonning dunyoda obro'sini yanada ko'tarasizlar, deb ishonamiz va umid qilamiz.

Yana bir bor o'zim va "O'ztransgaz" AJ jamoasi nomidan barchangizni 30-iyun - Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklayman!


Zoxidov Doniyor Rixsivoy o‘g‘li

Batafsil
Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti raisi

Tursunboyev Ulug‘bek Ergash o‘g‘li

Batafsil
Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha koordinator

Sultanov Islom Ravshan o‘g‘li

Batafsil
OAVlar bilan ishlash va madaniy-ma'rifiy masalalar bo‘iycha koordinator