Ijtimoiy mas’uliyat
«O‘ztransgaz» AJ ijtimoiy mas’uliyatni barqaror rivojlanish va gaz transport tizimining uzoq muddatli ishonchliligining ajralmas qismi deb biladi. Jamiyat o‘z faoliyatida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan hududlardagi aholi bilan konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intiladi. Ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi, xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, mehnat huquqlari hamda teng imkoniyatlar tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, korporativ madaniyatni rivojlantirishdan iborat.
Mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlar va tashabbuslarga, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy infratuzilma sohasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda..
PERSONAL
«O‘ztransgaz» AJ inson kapitalini barqaror rivojlanish va gaz transport tizimining ishonchli ekspluatatsiya qilinishining asosiy omili deb biladi. Kompaniya malakali mutaxassislarni jalb etish va ushlab qolish, ularning professional o‘sishini ta’minlash hamda har bir xodimning jalb etilganligi va mas’uliyati uchun sharoitlar yaratishga intiladi.
ХХ kishi - Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni
ХХ % - O‘qitish va malaka oshirish bilan qamrab olingan xodimlar ulushi
6% - Kadrlar qo‘nimsizligi
Xodimlarni boshqarish tizimi mehnat qonunchiligiga rioya qilish, teng imkoniyatlar, kompetensiyalarni rivojlantirish va xodimlarning ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan. Kadrlar rezervini tayyorlash, bilimlarni uzatish va yoshlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«O‘ztransgaz» AJ:
- Tanlov, moslashuv (adaptatsiya), baholash va martaba o‘sishining adolatli hamda shaffof tartib-taomillarini ta’minlaydi;
- Muhandislik-texnik va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishni o‘z ichiga olgan o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini amalga oshiradi;
- Teng imkoniyatlar va kamsitmaslik (diskriminatsiya qilmaslik) tamoyillarini, xodimlar huquqlarini hurmat qilishni hamda ijtimoiy muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi;
- Jamoa shartnomasi va ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq xodimlarga ijtimoiy kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etadi;
- Ichki murojaatlar va shaxsiy qabullarni o‘z ichiga olgan korporativ aloqalar hamda qayta aloqa kanallarini rivojlantiradi.
2024-yilda xodimlar tarkibi (jinsi va xodimlar turi bo‘yicha), %
Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi
“O'ztransgaz” AJ gaz transporti infratuzilmasini ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida xodimlar xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonlarining ishonchliligini ta’minlaydi. Kompaniya mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo'nalishidagi risklarni boshqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda ushbu amaliyotni doimiy takomillashtirishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuvni qo‘llaydi.
“O'ztransgaz” AJ:
- ishlab chiqarish obyektlarida xavf-xatarlarni aniqlaydi hamda kasbiy va ishlab chiqarish risklarini boshqaradi;
- mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishlar, yo‘riqnomalar va bilimlarni tekshirish tadbirlarini tashkil etadi;
- xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlaydi va ulardan foydalanishni nazorat qiladi;
- uskunalarni rejalashtirilgan ko‘rik va diagnostikalardan o‘tkazadi, yuqori xavfli ishlarning xavfsiz bajarilishini nazorat qiladi;
- baxtsiz hodisalar va potensial xavfli hodisalarni (near-miss) tekshiradi hamda bartaraf etish va oldini olish choralarini ko'radi;
- avariyaviy tayyorgarlikni ta’minlaydi, mashg‘ulotlar o‘tkazadi va tegishli tezkor xizmatlar bilan hamkorlik qiladi;
- xavfsizlik talablarini pudrat tashkilotlariga ham tatbiq etadi va Jamiyat hududida ularga rioya etilishini nazorat qiladi.
Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasidagi asosiy vazifa jarohatlanishlarning oldini olish, avariya va insidentlarni bartaraf etish, uskunalarning texnik holatini nazorat qilish hamda favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berishga tayyorlikni ta’minlashdan iborat.
MAHALLIY JAMOALAR BILAN HAMKORLIK
«O‘ztransgaz» AJ O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘z faoliyatini amalga oshiradi va o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarning barqaror rivojlanishini ijtimoiy mas’uliyatning muhim elementi deb hisoblaydi. Kompaniya gaz transport infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirishda mahalliy jamoalar bilan muloqotni ochiqlik, fuqarolar huquqlarini hurmat qilish va aholi manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yadi.
Gaz transport tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ekspluatatsiya qilish jarayonida ayrim loyihalar mahalliy aholi va yer foydalanuvchilarining manfaatlariga daxl qilishi mumkin. Bunday hollarda Kompaniya ijtimoiy ta’sirni minimallashtirish va nizolarning oldini olishga qaratilgan xabardor qilish, muloqot va kompensatsiya (tovon puli) to‘lash tartib-taomillarini qo‘llaydi.
«O‘ztransgaz» AJ:
- Mahalliy jamoalarni rejalashtirilayotgan loyihalar va ishlarning bosqichlari to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi;
- Yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalarini (jamoatchilik eshituvlarini) o‘tkazadi;
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita yo‘qotishlarni hisobga olgan holda zararni baholashning shaffofligini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda kompensatsiyalar taqdim etadi;
- Doimiy qayta aloqa kanallarini (yozma va elektron murojaatlar, murojaatlar uchun telefonlar, shaxsiy qabullar va sayyor uchrashuvlar) ta’minlaydi;
- O‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarda ijtimoiy infratuzilmani va aholi hayot sifatini yaxshilaydigan loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sifatini oshirish dasturlari doirasida Kompaniya Qo‘ng‘irot tumanidagi «Qibla-Ustyurt» mahallasi hududida futbol maydoni qurilishini qo‘llab-quvvatladi. Loyiha mahalla aholisi, eng avvalo, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, salomatligini mustahkamlash va faol hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan. Hisobot davrining yakuniga ko‘ra obyekt qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.