Gaz transport tizimining (keyingi o‘rinlarda – GTT) umumiy o‘tkazuvchanlik quvvatining zarur ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida yangi quvvatlarni ishga tushirish, mavjud obyektlarni modernizatsiya qilish hamda kapital ta’mirini amalga oshirish uchun “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2030-yilgacha gaz transport tizimini keng ko‘lamli rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur ishlar doirasida qator investitsiya loyihalari, jumladan “Zirabuloq” va “Yangiyer” kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
1. “Zirabuloq” kompressor stansiyasini modernizatsiya qilish
Loyihaning maqsadi:
· kompressor stansiyasining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish;
· foydali ish koeffitsiyentini (FIK) yaxshilash;
· tabiiy gazni barqaror va uzluksiz transportirovka qilishni ta’minlash.
Loyiha doirasida “Zirabuloq” kompressor stansiyasini modernizatsiya qilish ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviy, yuqori unumdorlikka ega hamda energiya tejamkor uskunalarga almashtirish orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
2. “Yangiyer” kompressor stansiyasini modernizatsiya qilish
Loyihaning maqsadi:
· kompressor stansiyasining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish;
· foydali ish koeffitsiyentini (FIK) yaxshilash;
· tabiiy gazni barqaror va uzluksiz transportirovka qilishni ta’minlash.
Loyiha doirasida “Yangiyer” kompressor stansiyasini modernizatsiya qilish ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviy, yuqori unumdorlikka ega hamda energiya tejamkor uskunalarga almashtirish orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan.