“O‘ztransgaz” AJ tizimida aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Uztransgaz
22.07.2026
“O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida Kogon MGQBda navbatdagi seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad soha xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimidagi bilim hamda ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son farmoni talablari tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.