jins

Uztransgaz

14.05.2026

📍Bugungi kunda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyatida yosh mutaxassislarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular tizimni modernizatsiya qilish va mamlakatimiz energetika mustaqilligini mustahkamlashda asosiy drayver vazifasini o‘tamoqdalar.
📈 Jamiyatda yosh kadrlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular magistral gaz quvurlarini boshqarishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni va energiya tejovchi yechimlarni  tatbiq etishda faol ishtirok etishmoqda.
🤝 «O‘ztransgaz» AJ yoshlari har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan nufuzli 28-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” ko‘rgazmasi va konferensiyasida faol ishtirok etib, sohaning innovatsion rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
🏗 Bu kabi keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash tizimi «O‘ztransgaz» AJ yoshlarining o‘z bilim va g‘ayratini yurtimiz gaz uzatish tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida safarbar etishiga mustahkam zamin yaratmoqda.


Возврат к списку