Aholi bilan ochiq muloqot: “Urganchtransgaz” MChJda navbatdagi shaxsiy qabul bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
07.10.2026
Xalq bilan muloqot qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy hamda tezkor hal etish tizim faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda, 2026-yil 5-oktyabr kuni “Urganchtransgaz” MChJ direktorining raqamli texnologiyalar va innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Kurazbay Yeshbaev tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida faoliyat yurituvchi “Yurist Mansurbek” advokatlik firmasi vakili, advokat M. Sultanmuratovning murojaati atroflicha tinglandi.
Murojaatchi fuqaro O‘. Madreymovga turar joy qurish uchun ajratilgan 400 kv. metr yer maydoni bo‘yicha o‘zaro kelishuv tuzishda amaliy yordam so‘radi. Vaziyatning ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu yer uchastkasi “Aqchaloq” magistral gaz quvurlari boshqarmasiga (MGQB) qarashli yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ining muhofaza maydoniga to‘g‘ri keladi.
Ochiq muloqot davomida murojaatchiga magistral tarmoqlar muhofaza zonasida (taqiqlangan hududlarda) qurilish ishlarini olib borishning xavflilik darajasi, sohadagi texnik qoidalar hamda masalaning huquqiy yechimlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi va murojaat o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi.
“Urganchtransgaz” MChJ tizimida fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga qonuniy va texnik yechim topish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.