jins

Uztransgaz

06.08.2026

“O‘ztransgaz” AJ mutaxassislari ishtirokida fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o'tkazildi.

Unda Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Abdurahmon Jomiy” mahallasi, “Tinchlik fayz rivoj” hududida istiqomat qiluvchi 38 ta xonadon vakillari nomidan fuqaro Farikov Jumabayning murojaati atroflicha ko'rib chiqildi.
Masala nimada? Murojaatga ko‘ra, mazkur xonadonlar yuqori bosimli gaz quvurlarining xavfli zonasida (himoya hududida) joylashgani sababli, ayni paytda ushbu masala sud tartibida ko‘rilayotgan edi. Xonadon egalari masalani sud orqali emas, balki o‘zaro manfaatli kelishuv yo‘li (mediasiya) bilan hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan.
Qanday qarorga kelindi? “O‘ztransgaz” AJ mutaxassislari aholi xavfsizligi tizimning eng oliy ustuvor vazifasi ekanligini ta'kidlagan holda, quyidagi choralarni belgilab oldilar:
O‘zaro muloqot va mediasiya: Masalani ijtimoiy va huquqiy jihatdan adolatli hal etish uchun sud jarayoni mobaynida tinchlik (kelishuv) bitimini tuzish imkoniyatlari o'rganiladi.
 Hokimiyat bilan hamkorlik: Aholi vakillarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni xavfsiz hududga ko‘chirish yoki kompensasiya masalalarini muvofiqlashtirish uchun Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimliklari bilan qo‘shma ishchi guruhi tashkil etish masalasi o‘rganiladi.
Xavfsizlikni ta'minlash: Gaz quvurlari atrofida xavfsizlik talablariga rioya etilishi qat’iy nazoratga olinadi.

“O‘ztransgaz” AJ aholi murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik, qonuniylik va fuqarolar manfaatlarini har tomonlama hisobga olish tamoyillariga sodiq qoladi.

photo_2026-08-06_08-37-13.jpg

Ro'yxatga qaytish