Bekobodda yoshlar bilan ochiq muloqot va amaliy qo‘llab-quvvatlash
Uztransgaz
27.07.2026
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar Bekobod tumanida izchil davom etmoqda.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Bekobod tumanida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda “O‘ztransgaz” AJning mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi, tuman hokimining o‘rinbosari A. Turobov, Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbaini yaratish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan 16 nafar yoshga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va mehnat faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan ish qurollari tantanali ravishda topshirildi.
🔹 Tikuvchilik dastgohlari;
🔹 Motokultivatorlar;
🔹 Non pishirish uskunalari.
Mazkur amaliy ko‘mak yoshlarning o‘zini o‘zi band qilishi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar Bekobod tumanida bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.