Bilim — ishlab chiqarish maydonida
Uztransgaz
30.10.2026
“UTG training” o‘quv markazida 4-razryadli “Gaz kompressori chilangarlari” uchun malaka oshirish kursi davom etmoqda.
Kompressor stansiyalari magistral gaz quvurlari tizimining yuragi hisoblanadi. Gazni iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish aynan gaz haydash agregatlarining ishonchli ishlashiga bog‘liq. Ularga xizmat ko‘rsatuvchi chilangarlarning malakasi esa alohida ahamiyatga ega.
Kursning o‘ziga xos jihati — amaliy mashg‘ulotlar “Qoraqalpog‘iston” MGQBning ishlab chiqarish obyektida, bevosita agregatlar yonida o‘tkazilmoqda. Tinglovchilar gaz haydash agregatlarini sozlash jarayonini o‘z qo‘li bilan bajarib, uskunalarning ish rejimlarini nazorat qilish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish ko‘nikmalarini xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda mustahkamlamoqda.
Tajribali ustozlar va boshqarma mutaxassislari ish jarayonidagi nozik jihatlarni amaliy misollar orqali tushuntirib, o‘z tajribasini tinglovchilar bilan o‘rtoqlashmoqda.
Ishlab chiqarishning o‘zida o‘tkazilayotgan bunday mashg‘ulotlar nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirib, uskunalarning ishonchli ishlashi va gaz transporti tizimining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.