Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.
Uztransgaz
31.07.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 27-iyul kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 28-iyul kunidan boshlab “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi v.b. A.Isakov tomonidan G‘ijduvon tumandagi og‘ir ahvoldagi mahallalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularni tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda.
.jpg)
Ushbu masalada G‘ijduvon tumani hokimligi binosida, G‘ijduvon tuman xokimi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tumanning energiya samaradorligini oshirish, energiya ta’minoti sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi v.b. A.Isakov boshchiligida “O‘zenergoinspeksiya”, Davlat soliq xizmati, tuman elektr va gaz tarmoqlari korxonasi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etildi.
Ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida sohalar kesimida o‘rganish savolnomalari ishlab chiqildi. Mazkur savolnomalar asosida mahallalar, ijtimoiy soha obyektlari va energiya ta’minoti tizimidagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
![]()
.jpg)