jins

Uztransgaz

04.08.2026

photo_2026-08-04_15-30-31 (2).jpg
“O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi v.b. – Ishchi guruhi rahbari A.Isakov, G‘ijduvon tuman hokimligi, Buxoro viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr va gaz ta’minoti korxonalari rahbarlari bilan birgalikda tumanning Gulistonobod, Toshloq, G‘ishti, Zarangari mahallalarida ijtimoiy soha obyektlaridagi iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida elektr va gaz tarmoqlari hamda hududdagi energetika qurilmalari va isitish tizimlaridagi muammolar joyida o‘rganib chiqilib, bartaraf etildi.
photo_2026-08-04_15-30-32.jpg
Amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy maqsadi aholi va ijtimoiy soha obyektlarini elektroenergiya va tabiiy gaz bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash bo‘lganligi sababli ushbu hududlarda ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan transformatorlar almashtirildi, yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ining eskirgan simlari SIP kabellariga almashtirildi, eskirgan yog‘och tayanchlar yangi temir-beton tayanchlarga almashtirildi, qo‘shqator tortilgan gaz quvurlari demontaj qilindi, yangi gaz quvurlari montaj qilindi, gaz quvurlarining shikastlangan qismlari yangisiga almashtirildi.
photo_2026-08-04_15-30-26.jpgphoto_2026-08-04_15-30-25.jpgphoto_2026-08-04_15-30-25 (3).jpg
Ishchi guruhlar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Ro'yxatga qaytish