jins

Uztransgaz

14.05.2026

✨ Energetika sohasi rivojida ayollarning o‘rni beqiyos!
Energetika sohasi va gaz transport tizimi nafaqat texnik jarayonlar, balki fidoyi insonlar mehnatiga tayanadi. Bu zanjirda xotin-qizlarning o‘rni beqiyosdir. "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi ayollar nafaqat ma’muriy ishlarda, balki texnologik jarayonlarni boshqarish, muhandislik va xalqaro standartlarni tatbiq etishda faol ishtirok etmoqdalar.
📈 Gender tenglik siyosati tufayli ayol mutaxassislarning kasbiy mahorati yangi bosqichga ko‘tarildi. Gaz magistrallari xavfsizligi, raqamlashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ularning mas’uliyati yuqori natijalar bermoqda.
🏆Energetika tizimidagi xotin-qizlar — kuchli iroda va yuksak professionalizm timsolidir. Ayollar ulushining ortishi O‘zbekiston energetika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi istiqbolli qadamdir.

Возврат к списку