Farg‘ona va Xo‘jaobodda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
28.10.2026
Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi va “Xo‘jaobod” gazni yer ostida saqlash inshootida “O‘ztransgaz” AJ va “Gazprom” xodimlari uchun tajriba almashish stajirovkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida mehmonlarga Farg‘ona MGQB va “Xo‘jaobod” GYOSIning faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari, gazni yer ostida saqlash jarayonlari hamda erishilgan natijalar haqida ma’lumot beruvchi taqdimotlar namoyish etildi.
Shuningdek, gazni yer ostida saqlash, gaz omborlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va sohada ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.