jins

Uztransgaz

06.08.2026

Fuqarolar qabuli davom etmoqda: Navoiy viloyatilik aksiyadorning murojaati nazoratga olindi.

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish borasidagi qabullar tizimli ravishda davom etmoqda. Jamiyat mutaxassislari respublikamizning barcha hududlaridan kelib tushayotgan har bir murojaatni alohida nazoratga olib, ularga huquqiy va amaliy yechim topmoqda.
Xususan, kuni kecha Jamiyatning murojaatlar bilan ishlash mas’ullari tomonidan Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 12-kichik tuman, 21-uy, 93-xonadonda istiqomat qiluvchi, 1970-yilda tug‘ilgan aksiyadorimiz Baxtiyor Xatamovich Elmuradovning murojaati ko‘rib chiqildi. Fuqaro o‘z murojaatida 1999-yilda «O‘ztransgaz» AJga tegishli 50 dona aksiya sotib olganligi, 2001-yilda Zarafshon shahriga ko‘chib ketganligi hamda Oxirgi 20 yildan ortiq vaqt davomida aksiyador dividend to‘lovlarini olishni ixtiyoriy ravishda kechiktirib kelgan va dividend mablag‘larini jamg‘arish hamda kelgusida bir yo‘la olish maqsadida bank rekvizitlarini taqdim etmagan,hamda, yig‘ilgan dividend pullarini olishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: Jamiyat mutaxassislari va reestr tutuvchi depozitariy tomonidan zudlik bilan B.X. Elmuradovning aksiyadorlar reyestridagi ma’lumotlari tekshirildi. Fuqaroning yashash manzili o‘zgarganligi va amaldagi bank rekvizitlari mavjud bo‘lmaganligi sababli, dividend pullari hisoblangan holda depozitariy hisobvarag‘ida saqlanib qolganligi aniqlandi.
Hozirgi vaqtda aksiyadorga o‘tgan yillar uchun hisoblangan dividend mablag‘larini uning amaldagi bank plastik kartasiga to‘liq o‘tkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, kelgusida dividendlarni masofadan turib uzluksiz olishini ta’minlash uchun uning aksiyadorlar reyestridagi shaxsiy ma’lumotlari (yangi manzili va JShShIR raqami) yangilandi.
«O‘ztransgaz» AJ eslatib o‘tadi: uzoq yillar davomida manzili yoki pasport ma’lumotlari o‘zgarganligi sababli dividendlarni ololmayotgan boshqa aksiyadorlar va fuqarolar ham Jamiyatning Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi orqali mutaxassislarga bog‘lanishlari mumkin. Xalq bilan muloqot va aksiyadorlar qabuli davom etmoqda.

photo_2026-08-06_08-37-30.jpg

Ro'yxatga qaytish