G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi Yangiyer-3B gaz kompressor stansiyasi faxriy xodimi Akilov Alijon Ziyaviddinovich 64 yoshida vafot etdi.
Uztransgaz
09.07.2026

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati jamoasi tizimda ko‘p yillar mehnat qilgan faxriy xodim Akilov Alijon Ziyaviddinovichning vafoti munosabati bilan marhumning barcha oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
O‘ztransgaz AJ gaz transport tizimining muhim obyekti bo‘lgan Yangier kompressor stansiyasini bir maromda ishlab turishida mehnatlari bilan katta hissa qo‘shgan kompressor qurilmalari bo‘yicha tajribali mutaxassis, ko‘p yosh mutaxassislarni bilimga, intizomga, tartibga o‘rgatib, ustozlik qilgan kamtarin inson Alijon Akilovning xotirasi jamoa qalbida hamisha saqlanib qoladi.