jins

Uztransgaz

08.09.2026

Bugun jamiyatimizda fuqarolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va qonuniy yechim topishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kuni kecha, 2026-yil 7-sentyabr kuni Gʻallaorol MGQB boshligʻi oʻrinbosari Saparov Abror Tagayevich tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabulda Gʻallaorol tumani "Lalmikor" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Jurayev Gʻulomjon Mardon oʻgʻlining bandlik masalasidagi murojaati tinglandi.
Fuqaro Gʻ.Jurayev joriy yilda Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universitetini "Qurilish" yoʻnalishi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan boʻlib, boshqarmaga mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda amaliy yordam soʻradi.
Qabul yakuniga koʻra:
Fuqaroga korxonadagi boʻsh ish oʻrinlari va ishga qabul qilish tartibi boʻyicha batafsil tushuntirish berildi. Yosh mutaxassisning oliy maʼlumoti va yoʻnalishi inobatga olingan holda, uning hujjatlari boshqarmaning kadrlar zaxirasiga kiritildi va murojaat nazoratga olindi.

photo_2026-09-08_14-28-23.jpg

Ro'yxatga qaytish