“Gazprom” OAJ mutaxassislari “Ohangaron” gaz kompressor stansiyasiga tashrif buyurdi
Uztransgaz
29.10.2026
Tashrif “O‘zbekiston Respublikasi gaz transporti tizimini ekspluatatsiya qilish va boshqarish tajribasini o‘rganish” mavzusidagi tanishuv stajirovkasi doirasida tashkil etildi. Stajirovkaning dastlabki kunlarida mehmonlar Farg‘ona MGQB va Xo‘jaobod GYOSI faoliyati bilan tanishgan edi.
“Ohangaron” GKSda mehmonlarga stansiyaning ishlab chiqarish quvvatlari, gaz haydash agregatlarining ishlash tartibi hamda stansiyani ekspluatatsiya qilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar ishlab chiqarish obyektlarini bevosita ko‘zdan kechirib, texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar o‘rtasida gaz transporti tizimini boshqarish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash borasida samarali fikr almashildi.
Stajirovka yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mazkur tashrif ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish va gaz transporti sohasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.