jins

Uztransgaz

26.10.2026

“Oʻztransgaz” AJ soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashni ustuvor vazifalardan biri deb biladi. Shu maqsadda kompaniya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda dual taʼlim tizimini faol rivojlantirib bormoqda.

Mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi “Oliy taʼlimda dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻztransgaz” AJ va Buxoro davlat texnika universiteti hamkorligida olib borilmoqda.

Bugungi kunda Buxoro DTUning “Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi” hamda “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” yoʻnalishlarida tahsil olayotgan 50 nafardan ortiq talaba “Oʻztransgaz” AJ tarkibidagi Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida amaliy tajriba orttirmoqda.

Boshqarmada talabalar uchun kafedra filiallari tashkil etilgan. Yoshlar tajribali mutaxassislar rahbarligida magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari va boshqaruv tizimlari faoliyati bilan bevosita tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda.

Bugun amaliyot oʻtayotgan talabalar — ertaga gaz transporti tizimining malakali muhandislari!


Ro'yxatga qaytish