Jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli oʼtkazildi.
Uztransgaz
02.06.2026
Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 2 iyun kuni
“Oʼztransgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ishlab chiqarish boʼyicha birinchi oʼrinbosari – bosh muhandis Muhsin Narzullaevich Raxmonov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli oʼtkazildi.
Qabulda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Oq-ovul” MFY, Elobod koʼchasida istiqomat qiluvchi S.M.Mirzaraximov va bir guruh shaxslar qatnashib, ular oʼz murojaatlarida aholi yashash hududi yaqinidan diametri 1220 mm boʼlgan yuqori bosimli “Yangier-Toshkent” magistral gaz quvuri oʼtkazilganligi sababli aholi hayoti va mol-mulk xavfsizligi yuzasidan jiddiy xavotirda ekanliklarini, ilgari shunday turdagi magistral gaz quvurida avariya va portlash holati sodir boʼlib, atrof hududlarga zarar yetkazilganligini bildirishdi.
Fuqaro S.M.Mirzaraximov va boshqalarning murojaatlaridagi masalalari eshitildi hamda murojaatchilarga ularning mazkur masalalari yuzasidan jamiyatning tegishli departament va boʼlim mutaxassislari tomonidan oʼrganib chiqilishi va qonunda belgilangan muddatda yozma javob xati yuborilishi toʼgʼrisida ularga tushuntirildi.
Shu bilan birga, “Oʼztransgaz” AJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda ham joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari oʼtkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 2 iyun kuni Gʼallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshligʼi E.S.Axadov tomonidan jismoniy va yuridik Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.
“Oʼztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va oʼrinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va oʼrinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam eʼlon qilib boriladi.