jins

Uztransgaz

15.01.2026

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 14 yanvar kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi Askar Sharifjonovich Isakov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.


  Qabulda Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Mustaqillik MFY, Moviy ko‘chasi, 3-uyda istiqomat qiluvchi DJURAYEV ILHOM FAXRIYEVICH qatnashib, u o‘z murojaatida G‘allaorol MGQB tasarrufidagi Yangier KSda 14 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotganligini, biroq lavozim razryadi oshirilmayotganligini, bundan tashqari, mehnat vazifalariga tegishli bo‘lmagan vazifalar yuklatilayotganligini ma’lum qildi.


  Fuqaro Djuraev Ilhom Faxrievichning murojaatidagi masalalari eshitildi hamda unga mazkur masalalari yuzasidan jamiyatning tegishli departament va bo‘lim mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonunda belgilangan muddatda yozma javob xati yuborilishi to‘g‘risida tushuntirildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.


  “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam e’lon qilib boriladi.

Ro'yxatga qaytish