MALAKA OSHIRISH — KASBIY RIVOJLANISH OMILI
Uztransgaz
05.08.2026
👷♂️ Yo‘nalish: “Magistral gaz quvurlari operatorlari”
“O‘ztransgaz” AJning 2026-yil uchun xodimlar malakasini oshirish reja-jadvaliga muvofiq, 3-avgustdan boshlab “UTG training” o‘quv markazida “Magistral gaz quvurlari operatorlari” yo‘nalishi bo‘yicha 40 soatlik malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda.
.jpg)
✅ Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar magistral gaz quvurlaridan xavfsiz va samarali foydalanish, texnologik jarayonlarni nazorat qilish, uskunalarning ish holatini baholash, ehtimoliy nosozliklarni barvaqt aniqlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
✅ Bunday o‘quv kurslari xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy talab va standartlarni amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash hamda gaz uzatish tizimining barqaror ishlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish operatorlarning mas’uliyati, tezkor fikrlashi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
🦺 Kurs jarayonida mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va resurslardan oqilona foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, tajriba almashish uchun qulay muhit yaratilmoqda. Bu esa kundalik ish sifatini yanada oshiradi.
.jpg)
✅ “O‘ztransgaz” AJda xodimlarni muntazam o‘qitish va ularning malakasini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.