jins

Uztransgaz

07.08.2026

“O‘ztransgaz” AJ xodimlari uchun “UTG training” o‘quv markazida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, balki xodimlarning jismoniy faolligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘quv kurslari davomida sport tadbirlari tashkil etildi.
photo_2026-08-07_10-33-18 (2).jpg
Sport tadbirlari tinglovchilar o‘rtasida jamoaviylik, o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ishtirokchilar faol va ko‘tarinki kayfiyatda o‘zaro bellashib, jismoniy faollik bilan birga maroqli hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

photo_2026-08-07_10-33-18 (3).jpg
Zero, xodimning kasbiy salohiyati bilan bir qatorda uning jismoniy faolligi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi ham yuqori ish samaradorligining muhim omillaridan biridir.

photo_2026-08-07_10-33-18.jpg
“O‘ztransgaz” AJda malaka oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Ro'yxatga qaytish