jins

Uztransgaz

01.09.2026

“O‘ztransgaz” AJ tizimidagi Farg’ona magistral gaz quvurlari boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda professor, filolog, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Siddiq Mo‘min ishtirok etib, mustaqillik tushunchasi, unga erishishda xalqimizning o‘rni va qadr-qimmati haqida mazmunli fikrlar bildirdi.

Tadbirdan so'ng Arqon tortish, shaxmat, stol tennisi sport musobaqalari va Zakovat intellektual oyini o’tkazilib, Kasaba Uyushmasi qo’mitasi tomonidan g'oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. Bayram tadbiri yakunida ishtirokchilar va ishchi xizmatchilarga bayram dasturxoni tashkil etildi.

Ro'yxatga qaytish