“O‘ztransgaz” AJ’da Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom etmoqda
Uztransgaz
04.08.2026
Joriy yilning iyul oyida Jamiyat Boshqaruvi raisi tashabbusi bilan G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi rahbarlari hamda muhandis-texnik xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot va tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda 1852 qisqa raqamli ishonch telefoni faoliyati va uning korrupsiyaviy holatlar haqida tezkor axborot olish hamda murojaatlarni xolis ko‘rib chiqishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati, halolligi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘ztransgaz” AJ Komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan tashkil qilingan tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda amaliy tavsiyalar bildirildi.
Ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi:
“O‘ztransgaz” AJning korrupsiyaga qarshi siyosatining mazmun-mohiyati;
korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari;
ichki nazorat va komplayens tizimini yanada takomillashtirish;
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
moliyaviy intizomni mustahkamlash;
xizmat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini ta’minlash.