“Oʻztransgaz” AJ: Fuqarolar murojaatlari eʼtibor markazida
Uztransgaz
17.09.2026
“Oʻztransgaz” AJ: Fuqarolar murojaatlari eʼtibor markazida
Bugun “Oʻztransgaz” AJ mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy qabulda Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi fuqaro Rustamov Jahongir Tolibjonovichning murojaati koʻrib chiqildi.
Murojaat mazmuni:
Fuqaro J.Rustamov Fargʻona magistral gaz quvurlari boshqarmasining “Qamchiq” punktida 10 yildan ortiq ishlagani, joriy yilning mart oyida shtat qisqartirilishi sababli ishsiz qolganini bayon qilgan. Murojaatchi oilada yagona boquvchi ekanligi (qaramogʻida nafaqaxoʻr ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va 4 nafar yosh farzandi borligi) va koʻp yillik tajribasini inobatga olib, ishga joylashishda amaliy yordam soʻragan.
Koʻrilgan chora:
Murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik hamda jamiyatning ichki mehnat tartib-qoidalariga muvofiq qonuniy ko‘rib chiqilishi belgilandi.
“Oʻztransgaz” AJ uchun har bir murojaat ortidagi inson taqdiri va qonun ustuvorligi oliy qadriyatdir.