“O‘ztransgaz” AJ ichki nazorat xizmati mutaxassisi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi
Uztransgaz
15.09.2026
Lavozim nomi: ichki nazorat xizmati mutaxassisi (Internal Control Specialist) (“O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashiga bo‘ysunuvchi)
Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar
Ma’lumoti va ish tajribasi:
moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, audit, huquq yoki muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot;
ichki nazorat, audit, risklarni boshqarish yoki buxgalteriya hisobi sohalarida professional sertifikatlarga ega bo‘lish yoki tegishli o‘quv kurslarini tamomlaganlik afzallik hisoblanadi;
ichki nazorat, ichki yoki tashqi audit, risklarni boshqarish, komplayens sohalarida kamida 2 yillik ish tajribasi;
neft-gaz, sanoat yoki infratuzilma kompaniyalarida, shu jumladan davlat korxonalari yoki kompaniyalar guruhlarida ish tajribasiga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi;
hujjatlarni yig‘ish va tahlil qilish, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda tekshiruvlar natijalari bo‘yicha ishchi materiallarni tayyorlash tajribasi;
nazorat tartib-taomillarining ishlab chiqilishi va joriy etilganligini (Design & Implementation) baholash hamda ularning amaldagi samaradorligini testdan o‘tkazishda (Operating Effectiveness Testing) ishtirok etganlik tajribasi.
Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:
ichki nazoratning asosiy tamoyillarini, jumladan, COSO Internal Control Framework talablarini bilish hamda tasdiqlangan metodologiya va testdan o‘tkazish dasturlarini amaliyotda qo‘llay olish;
biznes-jarayonlarni tavsiflash, risklarni va asosiy nazorat nuqtalarini aniqlash, risklar va nazoratlar matritsalarini tuzish hamda yangilab borish ko‘nikmasi; BPMN 2.0 standarti asosida jarayonlarni modellashtirish bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi;
risklarni boshqarish yondashuvlari, jumladan, COSO ERM va ISO 31000 standartlari, shuningdek, «Uch liniya» modeli doirasida ichki nazorat, risklarni boshqarish va ichki audit funksiyalarining taqsimlanishi haqida bazaviy tushunchaga ega bo‘lish;
test natijalari va aniqlangan kamchiliklarni hujjatlashtirish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda xizmat boshlig‘i rahbarligi ostida kelishilgan chora-tadbirlarning bajarilishini monitoring qilish ko‘nikmasi;
MS Excel va MS Word dasturlaridan ishonchli foydalanish; ma’lumotlarni tahlil qilish, ishchi hujjatlarni tayyorlash hamda biznes-jarayonlarni tavsiflash vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari;
korporativ boshqaruv va tekshirilayotgan jarayonlarga taalluqli talablar qismida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslarini bilish;
maxfiylik va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Ish joyi:
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi,
“UTG” vaqtinchalik ma’muriy binosi.
Ish rejimi: har kuni 9:00 dan 18:00 ga qadar.
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba kunlari.
Oylik ish haqi: suhbat davomida (Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi).
Ishga qabul qilish bir yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi, bunda qonunchilik talablari va ish beruvchining qarorlariga muvofiq mehnat munosabatlarini keyinchalik davom ettirish imkoniyati bilan.
Ma’lumotnoma (rezyume) va hujjatlarni 2026-yil 25-sentabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
Batafsil ma’lumot uchun: 71 202-10-60 (12403) raqami orqali dushanba–juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar murojaat qilish mumkin.