“O‘ztransgaz” AJ Ichki nazorat xizmati rahbari lavozimiga tanlov e’lon qilinadi.
15.09.2026
Lavozim nomi: Ichki nazorat xizmati rahbari (Head of Internal Control)
“O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashiga bo‘ysunadi.
Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar
Ma’lumoti va ish tajribasi:
- moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, audit, huquq yoki muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot;
- ACCA Advanced Diploma xalqaro professional sertifikati yoki unga tenglashtirilgan (ekvivalent) darajaga ega bo‘lish;
- ichki audit, tashqi audit, risklarni boshqarish, ichki nazorat yoki komplayens sohalarida kamida 4 yillik umumiy ish staji;
- yirik neft-gaz, sanoat yoki infratuzilma kompaniyalarida, shu jumladan davlat korxonalari yoki kompaniyalar guruhlarida (xoldinglarda) ish tajribasi;
- Kuzatuv kengashi bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi auditorlar va maslahatchilar (konsultantlar) ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba;
- nazorat choralarining arxitekturasini baholash (Design & Implementation) hamda nazorat choralarining operatsion samaradorligini testdan o‘tkazish (Operating Effectiveness Testing) bo‘yicha amaliy tajriba.
Professional bilimlar va ko‘nikmalar
- ichki nazorat metodologiyalarini, jumladan COSO Internal Control Framework (COSO ichki nazorat – integratsiyalashgan modeli) tizimini chuqur bilish;
- biznes-jarayonlarni modellashtirish (BPMN 2.0 va UML) jarayonli modellashtirish notatsiyalaridan foydalangan holda biznes-jarayonlarni hujjatlashtirish va modellashtirish, shuningdek, jarayonlardagi asosiy nazorat nuqtalarini aniqlash ko‘nikmasi;
- korporativ risklarni boshqarish tizimlarini, jumladan COSO ERM va ISO 31000 xalqaro standartlarini mukammal bilish;
- “Uch himoya chizig‘i” doirasida ichki nazorat, risklarni boshqarish va ichki audit tizimlarining o‘zaro bog‘liqligini tushunish;
- ofis ilovalari hamda biznes-jarayonlarni tavsiflash (modellashtirish) vositalaridan ishonchli foydalana olish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini, xususan, korporativ boshqaruvga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
- maxfiylik va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Ish joyi
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi.
Ish rejimi: har kuni 09:00 dan 18:00 gacha.
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba.
Oylik ish haqi: suhbat davomida belgilanadi (Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi).
Ishga qabul qilish bir yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda qonunchilik talablari va ish beruvchining qarorlariga muvofiq mehnat munosabatlarini keyinchalik davom ettirish imkoniyati mavjud.
📩 Hujjatlarni taqdim etish:
Ma’lumotnoma (rezyume) va zarur hujjatlarni 2026-yil 25-sentabrgacha b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
71 202-10-60 (12403) raqamiga dushanba–juma kunlari, soat 09:00 dan 18:00 gacha murojaat qilish mumkin.