jins

Uztransgaz

28.10.2026

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida "Oʻztransgaz" AJ boshqaruvi raisi A.Isakov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun navbatdagi rejali shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Ushbu tadbir bilan tasdiqlangan reja-jadval ijrosi toʻliq taʼminlandi.

Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtgan qabulda 4 nafar fuqaroning sohaga oid muammo va takliflari shaxsan boshqaruv raisi tomonidan batafsil koʻrib chiqildi. Muloqot davomida mehnat nizolari, tabiiy gaz taʼminoti va bosimi, sanoat korxonasiga ishga kirish hamda uy-joy bilan taʼminlash masalalariga oid 4 ta murojaat tinglandi.

Murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda atroflicha oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha mualliflarga yozma javob xatlarini yuborish vazifasi Jamiyatning masʼul departament rahbarlariga yuklatilib, 15 kunlik ijro muddati belgilandi. Ijro natijalarini cabinetpm2.gov.uz axborot tizimiga kiritish va barcha rasmiylashtirish jarayonlarini aynan ushbu platforma orqali yuritish belgilab qoʻyildi.

Topshiriqlar ijrosi ustidan umumiy nazorat oʻrnatish va 12-noyabrga qadar Boshqaruv raisiga axborot berish vazifasi Murojaatlar bilan ishlash boʻlimiga yuklatildi.

Ro'yxatga qaytish