“O‘ztransgaz” AJ Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi.
15.09.2026
Lavozim nomi:
Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi bosh mutaxassisi
(vaqtincha asosiy xodim o‘rniga)
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- moliya, iqtisodiyot, bank ishi, buxgalteriya hisobi, menejment yoki turdosh yo‘nalishdagi oliy ma’lumot;
- qimmatli qog‘ozlar, korporativ aktivlar yoki moliyaviy sohada kamida 2 yillik ish tajribasi;
- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlarning asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan tushunish;
- moliyaviy hisobotlarni tahlil qila olish va emitentning moliyaviy holatiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni baholay olish;
- qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni hujjatlashtirish va hisobga olish;
- sohaga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va ularni amaliyotda qo‘llay olish.
Kasbiy ko‘nikmalar:
- moliyaviy risklarni aniqlash va ularning ehtimoliy ta’sirini baholash;
- moliyaviy hisob-kitoblar, tahliliy jadvallar va hisobotlarni mustaqil shakllantirish;
- katta hajmdagi moliyaviy ma’lumotlarni tizimlashtirish, taqqoslash hamda ular asosida xulosa va takliflar tayyorlash;
- hujjatlar va moliyaviy ma’lumotlar bilan mas’uliyatli ishlash;
- belgilangan muddatlarga rioya qilish;
- ishchanlik va muloqot madaniyati;
- jamoada samarali ishlash qobiliyati;
- o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish va ish yuritish qobiliyati;
- ingliz tilini bilish ma’qullanadi.
Asosiy vazifalar:
- qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish, ularni hisobga olish, ma’lumotlarni yig‘ish va tizimlashtirish;
- qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va bajarilishini ta’minlash;
- dividendlarni hisoblash va to‘lash jarayonida zarur ma’lumotlar va hujjatlarni tayyorlash;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bilan muloqot qilish;
- qimmatli qog‘ozlar portfeli bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
- Jamiyatning muhim faktlari, choraklik va yillik hisobotlari hamda emitent sifatidagi boshqa majburiy axborotlarni tayyorlash va oshkor qilish jarayonlarida ishtirok etish;
- Jamiyat aksiyadorlariga qimmatli qog‘ozlar, aksiyalarni hisobga olish, aksiyadorlar reyestri va dividendlar masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berishda ishtirok etish;
- elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalari bilan ishlashda ishtirok etish;
- lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
Ish joyi:
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi.
Ish rejimi: har kuni 09:00 dan 18:00 gacha.
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba.
Oylik ish haqi: 14 000 000 so‘m.
Ishga qabul qilish asosiy xodim ishga chiqquniga qadar, kamida bir yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
📩 Hujjatlarni taqdim etish:
Ma’lumotnoma (rezyume) va zarur hujjatlarni 2026-yil 25-sentabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
71 202-10-60 (12403) raqamiga dushanba–juma kunlari, soat 09:00 dan 18:00 gacha murojaat qilish mumkin.