“O‘ztransgaz” AJ Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qilinadi.
15.09.2026
Lavozim nomi:
Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- moliya, iqtisodiyot, bank ishi, buxgalteriya hisobi, investitsiyalar, menejment yoki turdosh yo‘nalishdagi oliy ma’lumot;
- qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, korporativ aktivlar yoki moliyaviy bozorlar bilan bog‘liq sohada 3 yillik ish tajribasi, shundan kamida 1 yil boshqaruv lavozimida;
- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlarning asosiy xususiyatlari va jarayonlarini amaliy jihatdan tushunish;
- qimmatli qog‘ozlar portfelining daromadliligi va risklarini baholay olish;
- moliyaviy hisobotlarni tahlil qila olish va emitentning moliyaviy holatiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni baholay olish;
- sohaga oid normativ-huquqiy hamda ichki me’yoriy hujjatlarni bilish.
Kasbiy ko‘nikmalar:
- qimmatli qog‘ozlar portfelini yuritish yoki aktivlarni baholash tajribasi;
- moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tahlil qilish ko‘nikmasi;
- Excel dasturida ma’lumotlar bilan ishlash, jadvallar va hisob-kitoblarni mustaqil tayyorlash hamda tahlil qila olish;
- hujjatlar bilan tizimli ishlash va ma’lumotlarning aniqligini nazorat qilish;
- O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid asosiy normativ talablarni bilish;
- analitik fikrlash va raqamlar bilan ishlash qobiliyati;
- mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;
- jamoani boshqarish, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash va belgilangan muddatlarga rioya etilishini ta’minlash qobiliyati;
- tahliliy fikrlash, mas’uliyatli yondashuv va qaror qabul qilish qobiliyati;
- ishchanlik va muloqot madaniyati;
- o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish hamda ish yuritish qobiliyati;
- ingliz tilini bilish ma’qullanadi.
Asosiy vazifalar:
- qimmatli qog‘ozlar va kompaniya aktivlari bilan bog‘liq operatsiyalarni tashkil etish va nazorat qilish;
- qimmatli qog‘ozlar portfeli va aktivlar holatini tahlil qilish, mavjud risklarni baholash;
- qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, sotish va boshqa operatsiyalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- qimmatli qog‘ozlar va aktivlar harakati bo‘yicha hisob-kitoblar, hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish;
- qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘zgarishlarni kuzatib borish va ularning kompaniya aktivlariga ta’sirini baholash;
- Jamiyatning qimmatli qog‘ozlari, aksiyadorlar reyestri, dividend siyosati va emitent sifatidagi faoliyatiga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- Jamiyat aksiyadorlari reyestri, aksiyalar hisobi, aksiyadorlar tarkibi va ulushlariga oid ma’lumotlarni yuritishni tashkil etish;
- dividendlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish;
- rahbariyat uchun qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va takliflar tayyorlash;
- bo‘limning joriy va istiqbolli ish rejalarini shakllantirish;
- Jamiyatning elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
- boshqa tashkilotlar va hamkorlar bilan ishlash;
- boshqa vazifalarni bajarish.
Ish joyi:
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi.
Ish rejimi: har kuni 09:00 dan 18:00 gacha.
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba.
Oylik ish haqi: 17 000 000 so‘m.
Ishga qabul qilish bir yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda qonunchilik talablari va ish beruvchining qarorlariga muvofiq mehnat munosabatlarini keyinchalik davom ettirish imkoniyati mavjud.
Ma’lumotnoma (rezyume) va hujjatlarni 2026-yil 25-sentabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
Batafsil ma’lumot olish uchun:
71 202-10-60 (12403) raqamiga dushanba–juma kunlari, soat 09:00 dan 18:00 gacha murojaat qilish mumkin.