“O‘ztransgaz” AJ rahbarlari tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazildi
Uztransgaz
23.09.2026
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan tizim tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda. Kuni kecha ana shunday ochiq muloqotlar Samarqand va Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmalarida bo‘lib o‘tdi. Samarqand MGQB: Uzoq yillik xodimning murojaati tinglandi O‘tgan qabulda boshqarmaning gaz taqsimlash stansiyasi operatori, tizimda 20 yildan ortiq mehnat qilib kelayotgan M.A. Toshkulova murojaat qildi. Ishchi xodim o‘z oilasi bilan uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan xizmat uyini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z nomiga xususiylashtirishda amaliy yordam so‘radi.
.jpg)
.jpg)
Zirabuloq MGQB: Ijtimoiy va moliyaviy masalalar diqqat markazida O‘tkazilgan sayyor qabulda 6 nafar fuqaroning murojaati tinglandi: · Ish hajmi va stavkalarni qayta ko‘rib chiqish: Ma’muriy-xo‘jalik guruhi hudud farroshi vazifasida 0,5 stavkada ishlayotgan xodimlar (F.I. Otamurodova, Z.E. To‘rayeva, N.T. Axmedova, N.I. Sayidova) oilaviy sharoitlarini inobatga olgan holda o‘zlarini 1 to‘liq ish stavkasiga o‘tkazishni so‘rashdi. · Moddiy rag‘batlantirish: Boshqarma xodimlari U.A. Kodirova va M.M. Mustafoyeva bugungi kundagi bozor narxlari hamda kommunal to‘lovlarni inobatga olib, ishchilarning oylik maoshlari va mukofot pullari ancha vaqtdan beri sezilarli darajada oshirilmaganligini bildirib, ularni oshirish yuzasidan murojaat qilishdi.
.jpg)
.jpg)

Qonuniy ustuvorlik va qat’iy nazorat Sayyor qabul yakunida mutasaddi xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llanayotgan har bir taklif va murojaatni O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida, o‘z muddatlarida sifatli va to‘liq ko‘rib chiqilishi hamda javob xatlari berilishini doimiy nazoratga olish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Mazkur murojaatlarning barchasi belgilangan tartibda kirimga olinib, qonun doirasida o‘rganib chiqish va murojaatchilarga asoslantirilgan javob yo‘llash uchun mas’ul ijrochilarga yo‘naltirildi.
“O‘ztransgaz” AJ tizimida joylardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan sayyor qabullar davom etmoqda.