jins

Uztransgaz

24.07.2026

Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari tizimli ravishda davom etmoqda.
Xususan, 2026-yilning 23-iyul kuni “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i U.A.Turapov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Unda 1 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.
Murojaat muallifiga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va ma’lumotlar berildi va murojaatning ijrosi ta’minlandi.
Tizimdagi korxonalarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.

photo_2026-07-24_17-19-53.jpg

Ro'yxatga qaytish