“O‘ztransgaz” AJ tizimida murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
Uztransgaz
05.10.2026
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxona va tashkilotlarda aholi hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etilmoqda. Joriy yilning 17-18-sentabr kunlari “Xo‘jaobod” gaz keng ko‘lamli yerosti gaz saqlash inshootida (GEOSI) bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda jamiyatning ijroiya apparati va hududiy tuzilmalaridan murojaatlar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etadi..jpg)
.jpg)
Seminar-mashg‘ulotning asosiy maqsadlari: – Qonunchilik targ‘iboti: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini xodimlarga chuqurroq singdirish; – Prezident farmoni ijrosi: Davlatimiz rahbarining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash; – Zamonaviy tizimlar bilan ishlash: Murojaatlar bilan ishlashning pm.gov.uz (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi) elektron platformasida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va tizimdagi muammoli masalalarga tezkor yechimlar topish. Tadbirga taklif etilgan ma’ruzachilar: Seminar ishtirokchilariga qonunchilik talablari va amaliyotdagi dolzarb masalalarni atroflicha tushuntirib berish maqsadida tadbirga soha bo‘yicha malakali mutaxassislar va huquq tartibot idoralari vakillari taklif etilgan: – I.D.Juraev – Xo‘jaobod ixtisoslashtirilgan prokurori yordamchisi; – B.R.Qodirov – Andijon viloyati, Xonabod shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i; – B.E.Nazirov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xonabod shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi. Mazkur tadbir “O‘ztransgaz” AJning aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda kelib tushayotgan har bir murojaatni qonuniy va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasidagi tizimli ishlarining uzviy qismi hisoblanadi.