jins

Uztransgaz

12.10.2026

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.Zuparov boshchiligida “O‘ztransgaz” AJ Toshkent Magistral gaz quvurlari boshqarmasi “Ohangaron” kompressor stantsiyasida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini o‘rganish maqsadida, 2026-yil 8-oktabr kuni maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadal tarzda davom ettirish va bu borada xavfsizlik choralarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shu bilan birga mutaxassislar tomonidan gaz va elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash, hamda ushbu vaziyatlarda tezkor va aniq harakat qilish choralari o‘rgatildi.

photo_2026-10-12_14-47-48.jpgphoto_2026-10-12_14-47-49.jpgphoto_2026-10-12_14-48-10.jpgphoto_2026-10-12_14-47-20.jpgphoto_2026-10-12_14-48-21 (2).jpgphoto_2026-10-12_14-48-21.jpgphoto_2026-10-12_14-56-44.jpg

Ro'yxatga qaytish