jins

Uztransgaz

21.10.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘ztransgaz” AJ hamda TDTU hamkorligida 2026–2027 o‘quv yili uchun dual ta’lim shakli asosida amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Dastlabki mashg‘ulot “O‘ztransgaz” AJ Toshkent magistral gaz quvurlar boshqarmasining “Ohangaron” gaz siquv stansiyasida tashkil etildi. Unda talabalar:

  • korxona faoliyati va tashkiliy tuzilmasi;
  • gaz siquv stansiyasining ishlash tartibi va texnologik jarayonlari;
  • magistral gaz quvurlarini ekspluatatsiya qilish xususiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mashg‘ulot avvalida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berildi. Talabalar maxsus ish kiyimi va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlandi.

Uchrashuvda korxonaning tajribali mutaxassislari sohadagi zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi talablar va o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan amaliyot dasturi haqida batafsil ma’lumot berishdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Mazkur hamkorlik korxona va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, gaz transporti sohasi uchun malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar o‘quv yili davomida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

Ro'yxatga qaytish