“O‘ztransgaz” AJ xodimlari Toshkent xalqaro yarim marafonida ishtirok etdi
Uztransgaz
08.09.2026
“O‘ztransgaz” AJ xodimlari Toshkent xalqaro yarim marafonida qatnashib, sog‘lom turmush tarzi va faol hayotga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdi.
Poytaxtimizning markaziy ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan mazkur musobaqa turli mamlakatlardan kelgan professional sportchilar va havaskor yuguruvchilarni birlashtirdi. Ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirda Jamiyat vakillari ham ishtirok etdi.
Yarim marafonda qatnashish xodimlar uchun o‘z kuch va imkoniyatlarini sinab ko‘rish, iroda va qat’iyatini namoyon etish hamda bo‘sh vaqtini faol va mazmunli o‘tkazish imkonini berdi. Hamkasblarning umumiy maqsad yo‘lida birlashishi esa jamoaviy ruh va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
.jpg)
Sport insondan intizom, sabr-toqat va maqsad sari izchil harakat qilishni talab etadi. Ushbu fazilatlar kasbiy faoliyatda ham muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan, sport tadbirlaridagi ishtirok xodimlarning shaxsiy rivojlanishi, tashabbuskorligi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyatga ega.
Bunday tashabbuslar orqali xodimlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish hamda salomatlikka e’tiborli munosabatni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, mehnat faoliyatidan tashqari umumiy qiziqishlar atrofida birlashish hamkasblar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.
Yarim marafonda ishtirok etgan barcha hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz va ularga kelgusi sport tadbirlarida yangi marralarni zabt etishini tilaymiz!
.jpg)
Sog‘lom hayot sari — birgalikda!