jins

Uztransgaz

29.07.2026

"O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash hamda ularda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal etish maqsadida doimiy ravishda shaxsiy qabullar tashkil etib kelinmoqda.

Kuni kecha jamiyatning Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yonariq MFY, Sada ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Dalabayeva Saida Taxirovnaning murojaati tinglandi.

Qabul davomida fuqaro tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar mas’ul mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi. Murojaatni qisqa muddatlarda qonuniy hal etish, taqiqni yechish bo‘yicha tegishli idoralarga zaruriy hujjatlarni taqdim etish yuzasidan bo‘lim boshlig‘i tomonidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

"O‘ztransgaz" AJ fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettiradi.

photo_2026-07-29_12-00-25.jpg

Ro'yxatga qaytish