jins

Uztransgaz

25.09.2026

Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi bo‘yicha texnik missiya doirasida “O‘ztransgaz” AJ rahbariyati, hududiy tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda Jahon banki va mustaqil ekspertlar ishtirokida uchrashuv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda gaz sizib chiqishlarini aniqlash va miqdoriy baholash bo‘yicha LDAQ bo‘linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Maxsus brigadalarni shakllantirish, ularni zamonaviy o‘lchov uskunalari bilan ta’minlash, mas’ul mutaxassislarni tayinlash va amaliy o‘qitish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
photo_2026-09-25_11-52-45.jpg
Shuningdek, gaz sizib chiqishlari va ta’mirlash ishlarining yagona elektron reyestrini yuritish, o‘lchov ma’lumotlari sifatini ta’minlash hamda monitoring, hisobot va verifikatsiya (MRV) tizimini joriy etishga e’tibor qaratildi. Ushbu ishlarni OGMP 2.0 doirasidagi vazifalar bilan uyg‘unlashtirish va o‘lchovlarga asoslangan korporativ hisobotni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida Jahon banki vakillari bilan o‘zaro fikr almashildi. Bank vakillari muhokamalarning amaliy yo‘nalishi va bildirilgan takliflarga yuqori baho berib, ularning loyiha vazifalarini amalga oshirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
photo_2026-09-25_11-52-46.jpg

Ro'yxatga qaytish