jins

Uztransgaz

11.06.2026

 "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi amalda: Yosh mutaxassislar Gazli MGQBda amaliyotni davom ettirmoqdalar
Jamiyat rahbariyati tashabbusi bilan yosh mutaxassislarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida boshlangan tajriba almashish dasturi qizg‘in pallaga kirdi. Bu galgi amaliyot jarayonlari tizimdagi eng yirik boshqarmalardan biri — 📌Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida tashkil etildi.
📌 Ayni paytda yosh muhandis va mutaxassislar mazkur strategik obyektdagi yuqori texnologik qurilmalar, kompressor stansiyalari hamda gaz haydash agregatlarining ishlash prinsiplari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Ularga ish jarayonining o‘ziga xos sir-asrorlarini o‘rgatish, sohaga tez moslashishlari hamda xavfsizlik texnikasi va sanoat xavfsizligi qoidalarini mukammal egallashlarini ta’minlash uchun boshqarmaning ko‘p yillik tajribaga ega malakali ustalari va muhandislari biriktirilgan.
"Ustoz-shogird" an’analari asosida tashkil etilgan ushbu amaliyot yoshlarimiz uchun nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘lashda o‘ziga xos mahorat maktabi vazifasini o‘tamoqda. "O‘ztransgaz" AJ yosh kadrlar salohiyatini oshirish va ularning professional o‘sishi uchun barcha sharoitlarni yaratishda davom etadi.
📸 Bizni kuzatib boring! Gazli MGQBdan tayyorlangan jonli fotoreportajlar va yosh amaliyotchilarning taassurotlarini tez orada sahifalarimizda e’lon qilamiz.


Ro'yxatga qaytish