jins

Uztransgaz

16.10.2026

Sayyor qabullar: 17 ta murojaat, ijobiy yechim va Boshqaruv raisiga tashakkurnoma “O‘ztransgaz” AJ rahbariyati tomonidan 14-oktyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabullarda hududlardan kelgan 17 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi va atroflicha tahlil qilindi.
Murojaatlar nima haqida?
9 ta – Sanoat korxonalariga ishga kirish va tiklash;
4 ta – Mehnat nizolari va ish haqi masalalari;
2 ta – Uy-joy munosabatlaridagi nizolar;
2 ta – Yerdan foydalanish va ta’lim kontraktiga ko‘maklashish.
photo_2026-10-16_10-03-40sd.jpgphoto_2026-10-16_14-18-42.jpgphoto_2026-10-16_10-03-40 (2).jpgphoto_2026-10-16_10-03-40 (3).jpgphoto_2026-10-16_10-03-40 (4).jpgphoto_2026-10-16_14-18-28.jpgphoto_2026-10-16_14-18-32.jpgphoto_2026-10-16_14-18-35.jpgphoto_2026-10-16_14-18-40.jpgNatija va Ijro: Buxoro shahrilik fuqaro D.Xasanovaning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Uning vaqtinchalik ish o‘rnidan asosiy xodim sifatida doimiy ishga oʻtkazilganligi munosabati bilan, fuqaro “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va tashakkurnoma topshirdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan qolgan 16 ta murojaat rahbariyat tomonidan qat’iy nazoratga olinib, mas’ullarga 15 kunlik muddatda qonuniy hal etish topshirig‘i berildi.
Barcha murojaatlarnining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Virtual qabulxonasi" orqali tizimli kuzatib boriladi.

Ro'yxatga qaytish