jins

Uztransgaz

06.10.2026

“O‘ztransgaz” AJ tizimida ko‘p yillardan buyon halol va samarali mehnat qilib kelayotgan hurmatli hamkasbimiz Shavkat aka Xoliqov o‘zining qutlug‘ 60 yoshlik yubileyini qarshi oldi. Shu munosabat bilan tashkilotda samimiy tabrik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yubilyarga jamoa nomidan esdalik sovg‘alari topshirilib, eng ezgu tilaklar bildirildi.photo_2026-10-05_18-27-38 (3).jpg
Shavkat akaning boy mehnat tajribasi, o‘z kasbiga bo‘lgan cheksiz sadoqati va jamoadagi hamjihatligi hamkasblari orasida alohida hurmatga sazovor. Bunday fidoyi insonlarning mehnati va yoshlarga berayotgan o‘gitlari tizimimiz barqarorligida muhim o‘rin tutadi. Hurmatli Shavkat aka! Sizni bugungi munosib sarhad — qutlug‘ yoshingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yubileyingiz muborak bo‘lsin!
photo_2026-10-05_18-27-38.jpg
Yubileyingiz muborak bo‘lsin!

Ro'yxatga qaytish